SAT’ga 3 oyda tayyorlaniş uçun reja şunday: 1-hafta - töliq diagnostik test, 2-5 haftalar - Algebra va grammatika (Standard English Conventions) asoslari, 6-9 haftalar - Advanced Math, ma’lumotlar tahlili, geometriya va matn savollari, 10-12 haftalar - vaqt bilan töliq mocklar va Bluebook’dagi rasmiy practice testlar. Har mockdan keyingi xatolar tahlili bu rejaning eng muhim qismi.
Boşlaşdan oldin: imtihon nimadan iborat
Digital SAT ikki bölimdan iborat: Reading and Writing (54 savol, 64 daqiqa) va Math (44 savol, 70 daqiqa), har biri ikkita moduldan. Ikkinçi modulning qiyinligi birinçisiga boğliq, ball 400-1600 şkalada. Reja aynan şu tuzilişga qarab tuzilgan: Math’da Algebra va Advanced Math savollarning taxminan 70% i, Reading and Writing’da tört yönaliş deyarli teng.
1-hafta: diagnostika va maqsad
- Töliq SAT mockni vaqt bilan, bir öltirişda yeçing - bu sizning boşlanğiç nuqtangiz.
- Natijani yönalişlar böyiça yozib oling: Math’da 4 ta, Reading and Writing’da 4 ta yönaliş.
- Maqsad ballni qöying: tanlagan universitetlaringiz saytida qabul qilingan talabalarning SAT oraliğini toping.
- Haftalik vaqtni belgilang: muntazamlik uzun, lekin kamdan-kam darslardan muhimroq.
2-5 haftalar: asoslar
Nega aynan şular: Algebra - eng köp savolli yönaliş, grammatika qoidalari esa soni çeklangan va tez örganiladi. Bu ikki yönaliş boşidanoq ballni kötaradi va işonç beradi.
| Hafta | Math | Reading and Writing |
|---|---|---|
| 2 | Çiziqli tenglamalar va tengsizliklar | Boundaries: nuqta, nuqtali vergul, ikki nuqta, vergul |
| 3 | Çiziqli funksiyalar va grafiklar | Form, Structure, and Sense: moslaşuv, zamonlar, olmoşlar |
| 4 | Tenglamalar sistemasi | Transitions va Rhetorical Synthesis |
| 5 | Foizlar, nisbat, ölçov birliklari | Words in Context |
6-9 haftalar: qiyinroq mavzular
Har hafta oxirida bitta Math va bitta Reading and Writing modulini vaqt bilan yeçing: Reading and Writing moduli - 27 savol, 32 daqiqa; Math moduli - 22 savol, 35 daqiqa.
| Hafta | Math | Reading and Writing |
|---|---|---|
| 6 | Kvadrat funksiyalar va teng kuçli ifodalar | Central Ideas and Details |
| 7 | Körsatkiçli va boşqa noçiziqli funksiyalar | Command of Evidence: matn va grafik |
| 8 | Statistika, ehtimollik, scatterplot | Inferences |
| 9 | Geometriya va trigonometriya, aylana | Text Structure and Purpose, Cross-Text Connections |
10-12 haftalar: töliq mocklar
- Har hafta 1-2 töliq mock: haqiqiy tartibda, 10 daqiqalik tanaffus bilan, telefonni boşqa xonada qoldirib.
- Bluebook ilovasidagi rasmiy practice testlarni şu bosqiçga saqlang - ular haqiqiy imtihonga eng yaqin.
- Mockdan keyingi kun - faqat xatolar tahlili: har xatoni sababi böyiça belgilang (bilmadim, şoşildim, savolni notöğri öqidim).
- Oxirgi haftada yangi mavzu boşlamang: xatolar daftarini takrorlang va uyquni tartibga soling.
Bir kunlik maşğulot namunasi
- Isiniş: kun savollari yoki 5-10 ta aralaş savol.
- Asosiy qism: haftaning mavzusi - qoida yoki usul, keyin şu mavzudagi savollar.
- Takrorlaş: oldingi kunlarning xatolari - yeçimni yopib, qayta yeçiş.
- Yakun: bugungi eng köp xato qilingan savol turini qisqa yozib qöyiş.
Xatolar bilan işlaş
Ball yangi savollar sonidan emas, xatolarni tuzatişdan ösadi. Har xato uçun yozing: savol turi, töğri javob, nega adaşdingiz va keyingi safar nimaga qaraysiz. Trylab’da notöğri javoblar avtomatik xatolar daftariga tuşadi va ma’lum kunlardan keyin qayta söraladi - şu bilan bir xil xato qaytarilmaydi.
Test kuniga tayyorgarlik
- Bluebook ilovasini oldindan örnating va qurilmani tekşiring; imtihon kuni qurilma töliq zaryadlangan bölsin.
- Ruxsat etilgan kalkulyatoringiz bölsa, olib keling - lekin Desmos Bluebook’da bor, uni ham oldindan sinab köring.
- Hujjatlar, ruxsat etilgan narsalar, test markazi va sanani faqat rasmiy saytda - satsuite.collegeboard.org - tekşiring.
- Birinçi modulga eng köp e’tibor bering: u ikkinçi modul yölini belgilaydi.
Tez-tez söraladigan savollar
- 3 oy yetadimi? Köpçilik uçun bu yaxşi muddat, lekin hammasi boşlanğiç ball va maqsadga boğliq. 1-haftadagi diagnostika qança yöl qolganini körsatadi; farq katta bölsa, rejani uzaytiring.
- Math’ni yoki Reading and Writing’ni birinçi örganiş kerakmi? Ikkalasini parallel olib boring: har bölim 200-800 ball beradi, birini taşlab qöyiş umumiy ballni tuşiradi.
- Neça marta töliq mock yeçiş kerak? Aniq son yöq; muhimi har mockdan keyin xatolar tahlili. Rejada 10-12 haftalarda haftasiga 1-2 ta tavsiya qilingan.
- Ingliz tili darajam past bölsa-çi? Reading and Writing qisqa akademik matnlarga asoslangan, şuning uçun rejaga har kuni ingliz tilida qisqa akademik matn öqişni qöşing.
