Asosiy qismga ötiş
trylab

Köp söraladigan savollar

Savol böldimi? Javobi şu yerda.

Kiriş, testlar, ballar, tölov va qurilmalar haqida - mavzu böyiça, qisqa va aniq.

Barça savollar

Boşlaş va kiriş

Röyxatdan ötiş, kod va birinçi qadamlar.

7 ta savol

Röyxatdan qanday ötaman?

Telegram’da @trylabuz_bot botini oçing va ism bilan telefon raqamingizni yuboring. Bot 6 xonali kod beradi - uni saytdagi kiriş sahifasiga yozasiz. Imtihoningizni birinçi kirişda tanlaysiz.

Parol yoki email kerakmi?

Yöq. Kiriş faqat Telegram bot orqali: har safar yangi kod olasiz. Kod 60 soniya amal qiladi va faqat bir marta işlaydi.

Kod eskirib qoldi - nima qilay?

Botda «Kiriş kodi» tugmasini bosing - yangi kod keladi. Eski kod 60 soniyadan keyin qabul qilinmaydi, bu hisobingiz xavfsizligi uçun.

Boşlaş bepulmi?

Ha, karta şart emas. Bepul tarifda har 30 kunda 1 ta mock va 2 ta bölim testi, Kunlik 10 savol, xatolar daftari va reyting bor.

Kunlik 10 savol nima?

Har kuni 10 ta savol: 4 tasi öz imtihoningizdan, 6 tasi boşqa imtihonlardan aralaş. Xato javoblar xatolar daftariga tuşadi.

Bir neçta imtihonga birdan tayyorlansam böladimi?

Ha, 3 tagaça maqsad qöşa olasiz - masalan, SAT va Milliy sertifikat matematika. Har birining öz rejasi, natijalari va xatolari bor.

Trylab kimniki?

Rasmiy röyxatdan ötgan kompaniya: “TRYLAB” MÇJ, STIR 313 411 121. Tölovlar Rahmat Pay (Multicard) orqali, çek bilan.

Testlar va imtihonlar

Qaysi testlar oçiq, format va limitlar.

6 ta savol

Hozir qaysi testlar oçiq?

Hammasi - 13 ta imtihon: IELTS, TOEFL, SAT, GMAT, GRE, TOPIK, HSK, DTM, Milliy sertifikat, CEFR Multilevel, Prezident maktablari, Fan olimpiadalari va Öqituvçilar attestatsiyasi. Har biri real imtihon darajasiga yetkazilgan va savolma-savol tekşirilgan.

Testlar haqiqiy imtihonga qançalik öxşaş?

Format, savol turlari, vaqt va ballar rasmiy namunadagidek. SAT ekrani Bluebook’ga öxşaydi: belgilaş, kalkulyator, savollar xaritasi. Milliy sertifikat va Multilevel variantlari UZBMB namunalari darajasiga yetkazilgan, har bir kalit alohida tekşirilgan.

Mock va bölim testi nima?

Mock - imtihonning töliq varianti (masalan, Milliy sertifikat matematika yoki SAT Full). Bölim testi - uning bir qismi (masalan, SAT Math). Tariflar ikkalasini alohida sanaydi.

Testni qayta yeçsam limit kamayadimi?

Yöq. Limit faqat yangi testlarni sanaydi - avval boşlagan testni qayta yeçiş bepul.

Internet uzilib qolsa-çi?

Vaqt serverda yuradi, javoblar avtomatik saqlanadi. Qayta ulanganingizda testni «Natijalar» dagi «Davom etiş» bilan oçasiz.

Speaking uçun nima kerak?

Mikrofon va Chrome yoki Safari brauzeri. Javobingiz yozib olinadi, matnga aylantiriladi va baholanadi; ovoz fayli 30 kundan keyin öçiriladi.

Ballar va natijalar

Ball, izohlar, xatolar daftari va sertifikat.

6 ta savol

Ball qanday hisoblanadi?

Har imtihon öz şkalasida: IELTS 0-9 band, SAT 400-1600, Milliy sertifikat 75 ball va A+ dan C gaça, Multilevel 75 ball va B1-C1, DTM 189 ball. Batafsil - «Ball qanday hisoblanadi» sahifasida.

Bu rasmiy natijami?

Yöq, bu taxminiy natija. Rasmiy ball imtihon taşkilotining öz modelida hisoblanadi (masalan, Milliy sertifikatda Rasç modeli). Trylab natijasi qayerda turganingizni va nimani tuzatiş kerakligini körsatadi.

AI baholaş qançalik aniq?

AI yozma va oğzaki javoblarni oçiq mezonlar böyiça baholaydi va har mezonga izoh beradi. Bu taxminiy baho - rasmiy natijani kafolatlamaydi, lekin ballni qaysi mezon tuşirayotganini körsatadi.

Izohlarni hamma köradimi?

Start va Pro’da har bir savolga izoh oçiq. Bepul tarifda har natijadagi birinçi 3 ta xatoning izohini körasiz.

Xatolar daftari qanday işlaydi?

Xato qilgan har savolingiz daftarga karta bölib tuşadi. Maşq rejimida töğri javob va izohni körasiz; karta 1, 3 va 7 kundan keyin yana çiqadi - toki uni öz-özingiz yeçguningizça.

Natija sertifikati nima?

Töliq imtihon topşirganingizdan keyin QR kodli natija sertifikati olasiz - bepul tarifda ham. Uni istalgan kişi «Sertifikatni tekşiriş» sahifasida tekşira oladi. Bu rasmiy imtihon sertifikati emas.

Tariflar va tölov

Narxlar, limitlar, tölov va bonuslar.

7 ta savol

Qanday tariflar bor?

Bepul - 1 ta mock va 2 ta bölim testi. Start - oyiga 39 000 söm: 6 ta mock va 18 ta bölim testi, barça testlar va izohlar. Pro - oyiga 69 000 söm: 15 ta mock va 45 ta bölim testi, yozma va oğzaki javoblarni AI baholaydi.

Köp oyga olsam arzonroqmi?

Ha: 3 oyga 10%, 6 oyga 20% arzon. Bir oy - 30 kun.

Qanday tölayman?

Click, Payme, Uzum yoki Paynet ilovasi orqali (Rahmat Pay). Pul tuşişi bilan tarif darhol yoqiladi.

Pul har oy avtomatik yeçiladimi?

Yöq, avtomatik tölov yöq. Muddat tugasa, tarif Bepulga qaytadi - natijalaringiz va xatolar daftari joyida qoladi.

Mock’lar tugab qolsa-çi?

Işlatilmagan 3 ta bölim testi evaziga yana 1 ta mock oçiladi. Teskarisi işlamaydi.

Döstimni taklif qilsam nima olaman?

Döstingiz birinçi testini tugatganda ikkalangiz +1 test olasiz. U birinçi marta tölasa, 20% arzon töleydi, siz esa +7 kun olasiz (Bepul tarifda +2 test). Bonus testlar oxirgi bonusdan 90 kun ötib öçadi.

Promokod qayerga yoziladi?

Tölov sahifasida. Kod mos kelmasa, sababini aniq aytamiz - masalan, «faqat PRO tarifi uçun».

Qurilmalar va hisob

Telefon, brauzerlar va ota-onaga hisobot.

5 ta savol

Telefonda işlaydimi?

Ha, brauzerda: kompyuter, planşet va telefonda. Telefonda Trylab’ni boş ekranga ilova kabi qöşib olişingiz mumkin.

Neçta qurilmadan kira olaman?

Hisob 2 ta brauzerga boğlanadi. Uçinçi brauzerda kod qabul qilinmaydi - hisobingizni boşqa odam işlata olmasligi uçun.

Qurilmani qanday almaştiraman?

Sozlamalar › Qurilmalar yoki botdagi «Hisobim» › «Qurilmalarim» da eski qurilmani çiqaring: 30 kunda 2 ta. 14 kundan beri işlatilmagan qurilmani istalgan payt, limitsiz çiqarasiz.

Inkognito yoki tozalangan brauzerda nima böladi?

U yangi brauzer hisoblanadi. Joylar band bölsa, xuddi şu turdagi qurilma (masalan, «Mac · Chrome») öz-özidan almaşadi; boşqa turdagi brauzer qabul qilinmaydi.

Ota-onam natijalarimni köra oladimi?

Ha. Sozlamalarda havola oling va ota-onangizga yuboring: havola 7 kun amal qiladi, 3 tagaça ota-ona ulanadi. Har yakşanba 20:00 da ularga haftalik hisobot boradi.

Hamkorlik

Ustozlar, öquv markazlari va blogerlar uçun.

3 ta savol

Ustoz yoki öquv markazi sifatida hamkorlik qilsa böladimi?

Ha. «Hamkorlik» sahifasida ariza qoldiring - bir iş kuni içida javob beramiz. Hamkor öz havolasi va promokodini oladi, hammasini öz kabinetida köradi.

Hamkor qança oladi?

Uluş har bir hamkor bilan alohida, yozma kelişiladi. Pul faqat tölangan buyurtmalardan hisoblanadi.

Trylab uçun test yoza olamanmi?

Ha, fanni yaxşi bilsangiz: testni Word şabloni böyiça yozasiz yoki AI qoralamasini tekşirib tasdiqlaysiz. Siz yozgan testlar yeçilganda uluş olasiz.

Aloqa

Javob topilmadimi?

Yozing - iş vaqtida tez javob beramiz.

Duşanba-Juma, 9:00-18:00 (Toşkent vaqti)

1 ta mock + 2 ta bölim testi - bepul.

Bugun boşlang: savollar, izohlar va xatolar daftari bir joyda.

Bepul boşlaş